
Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqichi kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Bir qator uchrashuvlarda sensatsion hisoblar qayd etildi, ayrim favorit jamoalar esa turnir bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.
Madridning «Real» klubi to‘rtinchi divizion vakili «Talavera»ga qarshi o‘yinda jiddiy qarshilikka duch keldi. Uchrashuvda «qaymoqranglilar» ikki bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Ammo Kilian Mbappening dubli va raqib himoyachisining avtogoli Alonso jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqdi. Fransiyalik yulduz o‘yin taqdirini hal qilgan futbolchiga aylandi.
Talavera — Real 2:3
Gollar: Arroyo (80), Navarro (90+1) — Mbappe (41, 88), Farrando (45+1, avtogol).
Real — Lunin, Ximenes, Heysen, Karreras, Fran Garsiya, Mastantuono (Rodrigo, 66), Sebalos (Sestero, 86), Guler (Chuameni, 77), Endrik (Bellinghem, 77), Mbappe, Gonsalo Garsiya.
Shu bilan birga, Ispaniya elitasining bir qator klublari musobaqani erta tark etdi. «Sevilya» «Alaves»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi. «Selta» esa «Albasete» bilan dramatik bahsda asosiy vaqtni durang bilan yakunlab, penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi. «Levante» ham «Kultural Leonesa» to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Alaves — Sevilya 1:0
Gol: Visente (79, penalti).
Albasete — Selta 2:2
Gollar: Hefte (18), Valexo (90+3) — Lago (64), Iglesias (75).
Penaltilar seriyasi — 3:0.
Kultural Leonesa — Levante 1:0
Gol: Tresako (12).
Qolgan bahslarda «Osasuna» qo‘shimcha daqiqalarda «Ueska»ni mag‘lub etib, xarakter ko‘rsatdi va keyingi bosqichga chiqdi.
Ueska — Osasuna 2:4
Gollar: Luna (35), Kortaxarena (105+1) — De Aro (45+1, 95), Osambela (111), Budimir (118).
Shu tariqa, Ispaniya Kubogining navbatdagi bosqichida kutilmagan jamoalar va haqiqiy dramalar paydo bo‘ldi. Musobaqa tobora qizib bormoqda va muxlislarni oldinda yana katta intrigalar kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.