
FIFA prezidenti Janni Infantino Yevropa jamoasi PSJning UEFA Qit'alararo kubogidagi g'alabasidan so'ng rossiyalik darvozabon Matvey Safonov bilan suratga tushdi. Infantino ushbu suratni o'z ijtimoiy tarmoqlarida tezda e'lon qildi.
Safonov “Flamengo”ga qarshi sovrin uchun bahsning asosiy qahramoniga aylandi. U o'yin davomida penaltidan bitta gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta 11 metrlik zarbani qaytardi.
Safonovning ajoyib o'yinini PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiy, jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike, jamoadoshlari hamda jurnalistlar alohida e'tirof etdi. L'Equipe nashri Safonovning o'yiniga 9 ball berdi.
Oradan bir necha kun avval esa gazeta “Mets”ga qarshi uchrashuvdan keyin uni jamoaning eng omadsiz futbolchilaridan biri sifatida baholagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.