Tramp taqiq ro'yxatini kengaytirdi, Senegal va Kot-d'Ivuar ham kiritildi

AQSH prezidenti Donald Tramp jamoatchilikni navbatdagi qarori bilan yana hayratda qoldirdi. Seshanba kuni u AQSHga kirish taqiqlangan mamlakatlar ro'yxatini kengaytirdi.
Bu ro'yxatda avval ham Mali kabi G'arb siyosiy ta'siri doirasidan chiqqan ayrim Afrika davlatlari bor edi va ular sanksiyalar bilan yuzlashgan. Endi esa ro'yxatga Senegal hamda Kot-d'Ivuar ham qo'shildi.
Gap milliy terma jamoalari Jahon chempionatiga yo'llanma olgan davlatlar haqida ketmoqda. Bu qaror ushbu mamlakatlardan bo'lgan muxlislar AQSHga borib, terma jamoalarini stadionda qo'llab-quvvatlay olmasligini anglatadi.
Hozircha Tramp joriy etgan cheklovlar futbolchilarga tatbiq etilmaydi. Amerika ma'muriyati bu qarorni vizasi muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketadigan fuqarolar ulushi yuqoriligi bilan izohladi.
Senegal bo'yicha bu ko'rsatkich 4 foizni, Kot-d'Ivuar bo'yicha esa 8 foizni tashkil etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu ro'yxatda avval ham Mali kabi G'arb siyosiy ta'siri doirasidan chiqqan ayrim Afrika davlatlari bor edi va ular sanksiyalar bilan yuzlashgan. Endi esa ro'yxatga Senegal hamda Kot-d'Ivuar ham qo'shildi.
Gap milliy terma jamoalari Jahon chempionatiga yo'llanma olgan davlatlar haqida ketmoqda. Bu qaror ushbu mamlakatlardan bo'lgan muxlislar AQSHga borib, terma jamoalarini stadionda qo'llab-quvvatlay olmasligini anglatadi.
Hozircha Tramp joriy etgan cheklovlar futbolchilarga tatbiq etilmaydi. Amerika ma'muriyati bu qarorni vizasi muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketadigan fuqarolar ulushi yuqoriligi bilan izohladi.
Senegal bo'yicha bu ko'rsatkich 4 foizni, Kot-d'Ivuar bo'yicha esa 8 foizni tashkil etadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…