date

Banklar kredit xavflarini oldindan ma'lum qiladi


2026-yil 29-yanvardan boshlab, tijorat banklari mijozlarni kredit olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflar haqida oldindan xabardor qilishlari shart bo'ladi. Shuningdek, to'lovlarda qiyinchilikka duch kelgan mijozlar uchun kredit shartlarini o'zgartirishning ichki tartibini ishlab chiqish talabi qo'yiladi.

Banklarga mijoz tomonidan talab qilingan summadan ortiq kredit taklif qilish, ijtimoiy to'lovlarni qarzni yopish uchun ishlatish va belgilangan muddatdan oldin to'lov talab qilish taqiqlanadi. Bundan tashqari, mijozning roziligisiz kredit shakllarini oldindan to'ldirish va avtomatik ravishda parametrlarni belgilash cheklanadi.

Shu bilan birga, banklar omonatlarni kafolatlash tizimi, kafolat turlari va miqdorlari, shuningdek, to'lovlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari haqida batafsil tushuntirish berishlari kerak bo'ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Banklar kredit xavflarini oldindan ma'lum qiladi