date

Fond bozorida qimmatli qog'ozlar narxi o'zgardi

Fond bozorida qimmatli qog'ozlar narxi o'zgardi
24-31 oktyabr kunlari Respublika fond birjasi (RFB) “Toshkent”da ko'plab yuqori likvidli aksiyalar aralash dinamikaga ega bo'ldi, bunda fond indeksi UCI 0,33 foizga o'sdi. Bu davrda eng katta o'sishni “O'zbekgeofizika” aksiyalari ko'rsatdi, ularning narxi 13,11 foizga oshdi.

Shuningdek, “O'zbekneftgaz” (+8,41%) hamda UzAuto Motors (+7,22%) aksiyalari ham o'sish qayd etdi. Boshqa tomondan, Qashqadaryo texnologik transport aksiyalari 11,70 foizga pasayib, hafta davomida eng katta yo'qotishni qayd etdi.

Bundan tashqari, “Garant Bank” (-11,63%) hamda “Qizilqumsement” (-10,13%) aksiyalari ham pasaydi. “Ipoteka bank”ning oddiy va imtiyozli aksiyalari, shuningdek, “Ipak Yo'li” banki, “Aloqabank” va “O'zbektelekom” aksiyalari narxi o'zgarmadi.

Ushbu davrda 11 ta yuqori likvidli aksiya hafta yakunida o'sishga erishdi, 5 tasining narxi o'zgarmadi, 13 tasi esa pasayish bilan yakunladi. O'tgan hafta davomida fond indeksi UCI 2,5 foizga o'sgani ma'lum bo'ldi.

Bu davrda “O'zbektelekom” aksiyalari narxi 44,12 foizga oshib, eng katta o'sishni qayd etdi. Shuningdek, Qashqadaryo texnologik transport (+20,45%) va “Garant Bank” (+19,04%) aksiyalari ham o'sish ko'rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Fond bozorida qimmatli qog'ozlar narxi o'zgardi