
Italiya Superkubogida “Milan”dan keyin “Inter” ham musobaqa bilan xayrlashdi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlar 1:1 hisobida yakunlanganidan so'ng, “neradzurrilar” o'yindan keyingi penaltilar seriyasida raqibidan yomonroq zarba berib, mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvdan so'ng “Bolonya” bosh murabbiyi Vinchenzo Italyano o'yin tafsilotlari haqida fikr bildirdi. “Tezkor gol o'tkazib yuborish har doim qiyin, biz boshqa ssenariyga tayyorlangan edik.
Yaxshiyamki, hisobni tenglashtira oldik. Kurash ko'p bo'ldi va penaltilar seriyasigacha yetib borganimizda biroz omad ham yordam berdi”, — deya uning so'zlarini fcinter1908.it keltirdi.
Endi Italiya Superkubogi finalida “Bolonya” “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.