Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida fuqarolar M.A. va D.D. shartli xaridorga 5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shuningdek, tekshiruv davomida fuqaro M.A.ning yonida yana 0,76 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro I.S.ning xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs o‘z yashash xonadonida 9,9 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5,76 gramm “gashish” va 9,91 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi