date

Sahnada kutilmagan syurpriz: Yulduz Usmonovaga noodatiy buket topshirildi

Sahnada kutilmagan syurpriz: Yulduz Usmonovaga noodatiy buket topshirildi

Yulduz Usmonova Jizzax viloyatidagi O'rda bog'ida bo‘lib o‘tgan konsert dasturi davomida muxlislar uchun unutilmas lahzalar tuhfa etildi. Xonanda sahnada qo‘shiq ijro etayotgan paytda unga MAXWIN kafesi tomonidan maxsus tayyorlangan muzqaymoqli buket taqdim etildi.

Kutilmagan sovg‘adan hayratlangan xonanda uni samimiylik bilan qabul qilib, ushbu e’tibor uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. Eng e’tiborlisi, Yulduz Usmonova sahnani tark etmasdan turib, buketdagi muzqaymoqlardan jamoasini ham bahramand qildi. U jamoasining har bir a'zosiga alohida muzqaymoq ulashib, sahnada iliq va samimiy muhit yaratdi.

Mazkur holat konsertga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, tomoshabinlar tomonidan katta olqishlarga sabab bo‘ldi. Ushbu samimiy va quvnoq lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, muxlislar tomonidan iliq fikrlar bilan qarshi olindi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sahnada kutilmagan syurpriz: Yulduz Usmonovaga noodatiy buket topshirildi