date

Shina tortgan bola videosi ortidan otaga tekshiruv boshlandi

Shina tortgan bola videosi ortidan otaga tekshiruv boshlandi

Farg‘ona viloyatida ota o‘zining yosh o‘g‘lini avtomobil shinasiga bog‘lab yugurtirgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kadrlarda taxminan 8–9 yoshli bolaning og‘ir jismoniy mashqlar bajarayotgani ko‘rinib, bu holat ko‘plab foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘lgan.
Videolarni bolaning otasi Instagram sahifasiga joylab borgan. U o‘g‘lini “monstr o‘g‘lim” deya atab, mashqlar orqali “maqsadlariga yetishi”ni ta’kidlagan. Biroq qanday maqsad ko‘zlanayotgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bunday mashqlar bola organizmi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Ayrimlar buni professional sport tayyorgarligi emas, balki ortiqcha jismoniy va ruhiy bosim sifatida baholagan.
Shuningdek, izohlarda bolani og‘ir mashqlarga majburlayotgan otaga nisbatan huquqiy chora ko‘rish chaqiriqlari ham yangragan. Foydalanuvchilarning fikricha, bu yoshda bola asosan ta’lim va sog‘lom rivojlanish bilan shug‘ullanishi kerak.
Holatga Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi. Idora vakillari bolalarni ijtimoiy tarmoqlarda kontent uchun bunday tarzda jalb qilish “normal amaliyot emas”ligini ta’kidlagan.
Ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda mutasaddi tashkilotlar tomonidan bolaning otasini aniqlash va holatga huquqiy baho berish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, bolalarning shaxsiy hayoti va xavfsizligini internetda himoya qilish masalasi yana dolzarb mavzulardan biri ekani qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Shina tortgan bola videosi ortidan otaga tekshiruv boshlandi