date

214 tezlikda Tesla'ni boshqargan haydovchi qo‘lga tushdi

214 tezlikda Tesla'ni boshqargan haydovchi qo‘lga tushdi

Toshkent ko‘chalarida Tesla avtomashinasini yuqori tezlikda boshqarib, soatiga 214 kilometrgacha chiqqani aks etgan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot multimedia markazi mas’ullari ma’lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Kadrlarda haydovchining shahar ichida o‘ta yuqori tezlikda harakatlangani ko‘rinib, ko‘pchilik bu holatni boshqa harakat ishtirokchilari hayoti uchun jiddiy xavf deb baholagandi.
Shundan so‘ng mazkur Tesla haydovchisi poytaxt YHXB qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, suhbatga chaqirilgan.
Haydovchining o‘zi ham qilgan ishidan afsusda ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tezlikni oshirib harakatlangani aks etgan video internetda tarqalib ketganidan keyin tegishli idoraga chaqirtirilgan.
“Bunday tez yurishni hech kimga tavsiya qilmayman. Ehtiyot bo‘lib, qoidalarga amal qilish kerak. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — degan haydovchi.
Ma’lum qilinishicha, unga nisbatan qonuniy choralar qo‘llanilgan. Ammo qanday jazo tayinlanganiga aniqlik kiritilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 214 tezlikda Tesla'ni boshqargan haydovchi qo‘lga tushdi