13:52 / 08.02.2022
1 029

Rossiya O‘zbekistonga «raqamli attashe» yuboradi

Rossiya O‘zbekistonga «raqamli attashe» yuboradi
Foto: TASS
Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi Rossiyaning xorijdagi savdo vakolatxonalarida «raqamli attashe» xizmatini joriy etishni boshladi, deb yozadi RBK. Ushbu xizmatning asosiy vazifasi Rossiya AT-mahsulotlarini chet elda targ‘ib qilish bo‘ladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda 16 ta davlatda «raqamli attashe» ishlay boshlaydi, 2024 yilda esa ularning geografiyasi 28 ta davlatga kengayadi. Birinchilar qatorida Braziliya, Vetnam, Germaniya, Misr, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Kuba, Malayziya, BAA, Singapur, Tailand, Turkiya, Janubiy Afrika va Janubiy Koreya bor.

Raqamli rivojlanish vazirligi «raqamli attashe» lavozimlariga tanlov e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar qatorida mutaxassis yoki magistr darajasidan past bo‘lmagan oliy ma’lumot va qabul qiluvchi davlat tilini bilish bor.

«Raqamli attashe» rus va xorijiy dasturiy mahsulotlarni yaxshi bilishi hamda mahalliy yechimlarning raqobatbardosh afzalliklarini tushunishi kerak. Savdo sohasidagi Rossiya va xalqaro qonunchilikni bilish muhim», - dedi Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari o‘rinbosari Maksim Parshin.

Rossiyada «raqamli elchilar» yoki attashe institutini yaratish g‘oyasi birinchi marta 2019 yilda aytilgan. 2021 yil sentyabr oyida bosh vazir Mixail Mishustin axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash ikkinchi paketini tasdiqladi, unda boshqa narsalar qatori «raqamli attashe» xizmati yaratilishi ham eslatib o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistonga «raqamli attashe» yuboradi