
Sobiq "Milan" himoyachisi va Italiya terma jamoasining "mudofaa vaziri" Paolo Mal'dini "Skuadra Adzurra"ning bugungi holati haqida fikr bildirdi. Italiya milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma olish uchun pley-off bosqichidan o'tishi kerak.
Shu munosabat bilan Mal'dini barcha italyanlarni terma jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. "Jahon chempionatida o'ynashimizga juda umid qilaman.
Bu avvalo yangi avlodlar uchun, hali terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokini ko'rmagan yosh muxlislar uchun juda muhim. Bu Rino va boshqa barcha jamoadoshlar uchun ham ahamiyatli.
Bizning barchamiz terma jamoa tarafdorimiz", - dedi Mal'dini pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi oxirgi marta Jahon chempionatining final bosqichida 2014 yilda qatnashgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.