date

Terri: Estevao yangi Neymar bo'lishi mumkin


“Chelsi”ning afsonaviy sobiq sardori Jon Terri 18 yoshli Estevao Vilyanning o‘yinidan hayratda ekanligini bildirdi. Braziliyalik futbolchi Yevropaga tezda moslashib, “ko‘klar” uchun muhim o‘yinchiga aylangan.

“Estevao haqiqiy superyulduz. U yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda ko‘rsatgan o‘yinlari hayratlanarli.

U allaqachon muhim o‘yinlarda o‘z zimmasiga mas’uliyat olish qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Estevao yangi Neymar bo‘lishi mumkin, degan fikrga qo‘shilaman.

So‘nggi yillarda Koul Palmerga juda katta bosim o‘tkazilgan edi, ammo Estevao bilan bu bosim kamayadi. U ham gollar urmoqda, bu esa jamoa uchun juda foydali”, – dedi Terri TalkSPORTga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vinger o‘tgan yozda “Palmeyras” klubidan London jamoasiga kelib qo‘shilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Terri: Estevao yangi Neymar bo'lishi mumkin