O‘g‘irlikda ayblangan yigitga urush yoki qamoq taklif qilindi

1 daqiqa o'qish325
O‘g‘irlikda ayblangan yigitga urush yoki qamoq taklif qilindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg aeroportida farg‘onalik yigit ushlangani va unga nisbatan jiddiy bosimlar bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Facebook'da “Farhod Temirtirnoq” nomi ostidagi foydalanuvchi yozishicha, 2002 yilda tug‘ilgan yigit samolyotga chiqmoqchi bo‘lgan paytda to‘xtatilgan va uning kurtkasi cho‘ntagiga soat solib qo‘yilgani aytilgan. Shundan keyin u o‘g‘irlikda ayblanib qo‘lga olingan.

Ma’lumotga ko‘ra, dam olish kunlari bo‘lgani uchun advokat yoki tarjimon bilan ta’minlash imkoni bo‘lmagan. Hozirda yigit migrantlar uchun vaqtincha saqlash markazida saqlanmoqda va unga huquqiy yordam ko‘rsatilmagan.

Facebook'dagi manba ta’kidlashicha, dushanba kuni sud bo‘lib, unga ikki variant taklif qilinayotgani aytilgan:
yo 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, yoki Ukrainadagi urushda ishtirok etishga rozilik.

Yana bir og‘ir ma’lumot sifatida, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi Elash va Go‘shtqishloq qishloqlariga urushda halok bo‘lgan yana to‘rt nafar vatandoshimiz jasadlari qaytarilgani qo‘shimcha qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?