
Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi uchun qur’a tashlashda birinchi savatchaga tushadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi. Dushanba kuni Yevropaning yana beshta terma jamoasi mundial ishtirokchilari ro‘yxatiga qo‘shildi.
Shu tariqa, birinchi savatchaga joylashadigan 12 ta jamoa aniqlandi. Turnir mezbonlari AQSh, Kanada va Meksika birinchi uchta o‘rinni egallagan bo‘lsa, Yevropani vakillik qiluvchi Ispaniya, Angliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya, Portugaliya va Fransiya ham savatchadan joy oldi.
Shuningdek, Janubiy Amerikaning an’anaviy vakillari – Braziliya va Argentina ham birinchi savatchaga kiritildi. Qur’a tashlash 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Jahon chempionati-2026 final bosqichi o‘yinlari kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha davom etadi. Hozirga kelib, 48 ishtirokchidan 39 tasi aniqlangan.
To‘liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.