date

Farg'onada chiqindidan energiya ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Farg'onada chiqindidan energiya ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda
Farg'ona viloyati, Oqbilol qishlog'ida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Loyihani amalga oshirishda Xitoy investorlari va mahalliy hokimiyat ishtirok etmoqda.

Qurilishning ochilish marosimida viloyat hokimining o'rinbosarlari Nuriddin Mamajonov va Hakimjon Dolimov qatnashdi. Hokimlik ma'lumotiga ko'ra, zavod kuniga 1,5 ming tonnagacha chiqindini qayta ishlash va yiliga 227,5 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'ladi.

Loyihaga kiritilgan investitsiyalar hajmi 141,5 million dollarni tashkil etadi. Qurilish, prezidentning Namangan va Farg'ona viloyatlarida shunday korxonalar tashkil etish to'g'risidagi qarori doirasida olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg'onada chiqindidan energiya ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda