date

Toshkent eng iflos havoli shaharlar qatorida

Toshkent eng iflos havoli shaharlar qatorida
3-noyabr kuni ertalab Toshkent dunyodagi eng iflos havoli shaharlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda IQAir platformasi. Eslatib o‘tamiz, dushanba kunidan boshlab shahar isitish mavsumiga rasman kirgan edi.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, atmosferadagi zararli moddalar miqdori me’yordan 19 baravar oshgan. Poytaxt aholisi tibbiy niqob taqishi va ko‘chada bo‘lish vaqtini imkon qadar qisqartirishi tavsiya etilgan.

Eng iflos havo Pokistonning Lahor shahrida qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent eng iflos havoli shaharlar qatorida