date

Mudofaa vazirligi call-markaz ishga tushirdi

Mudofaa vazirligi call-markaz ishga tushirdi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida call-markaz faoliyat boshlagani haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Endilikda fuqarolar va tashkilotlar vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tezkor javob olishlari mumkin.

Call-markazga 1530 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin. Markaz mutaxassislari harbiy xizmat, safarbarlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha maslahat berishadi.

Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va ularning maxfiyligi kafolatlanadi. Vazirlikda ta’kidlanishicha, qonunbuzarlik yoki korrupsiya bilan bog‘liq xabarlar tekshiriladi va zarur choralar ko‘riladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mudofaa vazirligi call-markaz ishga tushirdi