date

17 dekabr: ayrim hududlarda ayoz, boshqalarida yomg‘ir kutilmoqda

17 dekabr: ayrim hududlarda ayoz, boshqalarida yomg‘ir kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi — O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 17 dekabr kuni mamlakat hududlarida ob-havo keskin farq qilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sovuq havo hukm suradi. Kunduzi havo harorati -3…-8 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, tungi paytda esa ayoz yanada kuchayib, -12…-14 darajagacha tushishi mumkin.

Poytaxt — Toshkent shahrida esa yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan. Kunduzgi harorat +5…+7 darajani tashkil etsa, kechasi +3…+5 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Shuningdek, Toshkent viloyati va Namangan viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi saqlanib qolmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi. Bu hududlarda kunduzi havo harorati +8…+13 daraja atrofida bo‘lib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Toshkent viloyati bilan bir qatorda Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ushbu hududlarda kunduzgi harorat +2…+7 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida esa havo nisbatan iliqroq bo‘lib, +5…+10 daraja oralig‘ida saqlanadi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli yuqori. Kunduzi harorat 0…+5 darajani tashkil qilishi mumkin. Mutaxassislar aholidan ehtiyotkor bo‘lishni, ayniqsa tog‘li va tog‘ oldi hududlarida xavfsizlik qoidalariga amal qilishni tavsiya etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 17 dekabr: ayrim hududlarda ayoz, boshqalarida yomg‘ir kutilmoqda