
O‘zgidromet 15 dekabr uchun qisqa ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni mamlakatning bir nechta hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan xoli emas.
Toshkent shahrida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi 1–3 daraja iliq, kunduzi 3–5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tunda 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqandda kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir, ba’zan qor kuzatilishi mumkin. Harorat ikki vaqtda ham 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda tonggi yomg‘ir ehtimoli bor. Kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘onada kunning birinchi yarmida yomg‘ir, ba’zi manzillarda qor. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor vaqt-vaqti bilan kuchayishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat esa 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.