date

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga, 10 aprel kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-to‘shqin holatlari kuzatilishi ehtimoli bor. Bu haqda O‘zgidrometning ob-havo taxminida ma’lum qilingan.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharq tomondan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 23-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘lishi mumkin.

Buxoro va Navoiyda havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryoda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Jizzax, Samarqand va Qashqadaryoda havo o‘zgaruvchan, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin holatlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda