Toshkentda yangi pulli avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent shahar hokimligi hamda China Railway Construction Corporation kompaniyasi poytaxtda zamonaviy pulli avtomobil yo‘llarini barpo etish loyihasini muhokama qildi.
Ma’lum qilinishicha, umumiy uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan halqa yo‘li hamda yangi xalqaro aeroport tomon yo‘naluvchi, shahar markazi orqali o‘tadigan magistral pulli trassalarni qurish rejalashtirilgan.
Loyiha orqali poytaxtda transport harakatini yengillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish va shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsad qilingan. Hozircha qurilish ishlarining boshlanish sanasi va loyihaning qiymati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing