
"Napoli" Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir finaliga yo‘l oldi. O‘yin Er-Riyodda bo‘lib o‘tdi va unda Antonio Kontening jamoasi o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Uchrashuv taktik kurashga boy bo‘lib, sokin tempda o‘tdi. "Napoli" to‘pni ko‘proq nazorat qildi va bo‘sh zonalarni izlashda sabr bilan harakat qildi.
Hisob birinchi bo‘limning so‘nggida ochildi. 40-daqiqada Neresh chap qanotdagi hujumdan keyin uzatilgan to‘pni darvozaga joylab, Neapol klubini oldinga olib chiqdi.
"Milan" pozitsion hujumlar qilishga harakat qildi, ammo hujumlarni yakunlashda qiyinchiliklarga duch keldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin xarakteri o‘zgarmadi.
"Napoli" pragmatik o‘yin ko‘rsatib, raqibga tezkor hujumlar uyushtirish imkonini bermadi. Bunday bosim 63-daqiqada ikkinchi gol bilan yakunlandi.
Xoylund keskin burchakdan chiqib, hisobni oshirdi. Qolgan vaqt davomida "Milan" jiddiy tahdidlar yaratishga muvaffaq bo‘lmadi.
"Napoli" ishonchli o‘yin ko‘rsatib, final hushtagi bilan turnir finaliga yo‘l oldi.
Italiya superkubogi. Yarimfinal
Napoli — Milan 2:0
18 dekabr. Riyod. «King Saud University Stadium»
Gollar: Neres (39), Hoylund (63).
Napoli — Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Rahmani, Jezus, Spinatssola (Gutiyerres, 81), Elmaz (Lang, 77), Lobotka, Maktominey, Politano (Matssoki, 78), Neres (Vergara, 88), Hoylund (Lukka, 82).
Milan — Menyan, Tomori, De Vinter (Atekame, 69), Pavlovich, Salemakers (Fofana, 69), Loftus-Chik, Yashari (Modrich, 75), Rabio, Estupinan, Nkunku, Pulishich.
Ogohlantirishlar: Rabio (38), Spinatssola (81), Maktominey (83), Tomori (83), Atekame (85).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.