date

Karraher Saloh haqidagi gaplari nega haqorat emasligini aytdi


“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karraher mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Salohning xatti-harakatlari haqida aytgan so'zlari haqorat sifatida talqin qilinmasligini ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, Karraher Salohning “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotni tanqid qilganini “uyat” deb atagan edi.

“Bu haqorat bo'lganmi? Yo'q, bu uyat edi.

Kimningdir boshqa fikri bo'lishiga qarshi emasman, lekin u fikr dalillar bilan mustahkamlanishi kerak”, — deya Karraherning so'zlarini Goal keltiradi. Xabarlarga ko'ra, Saloh ketma-ket uch uchrashuvda zaxira o'rindig'ida qolganidan so'ng Slotni keskin tanqid qilgan va Afrika Millatlar kubogidan keyin jamoani tark etishi mumkinligini bildirgan.

Bunga javoban murabbiy misrlik futbolchini Chempionlar ligasining “Inter”ga qarshi o'yini qaydnomasiga kiritmagan. Shundan so'ng Slot Saloh bilan tarbiyaviy suhbat o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karraher Saloh haqidagi gaplari nega haqorat emasligini aytdi