date

Anchelotti Endrikka Braziliya terma jamoasida maxsus rol tayyorlamoqda

Anchelotti Endrikka Braziliya terma jamoasida maxsus rol tayyorlamoqda

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga o‘tganidan beri o‘zini yorqin ko‘rsatyapti. Shu fonida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni yaqinlashib kelayotgan yig‘inga chaqirish niyatida ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, mart oyidagi navbatdagi xalqaro tanaffusda Endrik Braziliya terma jamoasining asosiy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

Mart oxirida Braziliya mundialga tayyorgarlik doirasida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Endrikka Braziliya terma jamoasida maxsus rol tayyorlamoqda