date

Liftda kutilmagan holat: pauerbank to‘satdan yonib ketdi

Liftda kutilmagan holat: pauerbank to‘satdan yonib ketdi

Rossiyaning Surgut shahrida noodatiy va xavfli holat yuz berdi. Endigina liftga kirgan qizning sumkasida bo‘lgan pauerbank (portativ quvvatlash qurilmasi) to‘satdan yonib ketdi.

Voqea 21 may kuni sodir bo‘lgan va lift ichidagi kuzatuv kamerasi tomonidan to‘liq tasvirga olingan. Kadrlarda ko‘rinishicha, qiz liftga kirib, kerakli qavat tugmasini bosgan zahoti uning sumkasidan tutun va olov chiqa boshlagan.

Vaziyatni tezda anglagan qiz sumkasini darhol o‘zidan uzoqlashtirib, yerga uloqtirgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, lift eshiklari ochilgan va u xavfsiz tarzda tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hodisada qiz tan jarohati olmagan. Mutaxassislar bunday holatlar ko‘pincha sifatsiz yoki shikastlangan batareyali pauerbanklarda yuz berishini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Liftda kutilmagan holat: pauerbank to‘satdan yonib ketdi