Ronaldu ishtirokisiz g‘alabani ikki emodzi bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” sardorsiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni Saudiya klubi guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Natijada “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida navbatdagi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi va unga ikki emodzi — olov hamda qarsaklar — qo‘shdi.
40 yoshli Ronaldu “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra 2027 yil o‘rtalarigacha klubda qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing