date

Brayton bosh murabbiyi Hyurseler iste'foga yaqin turibdi

Brayton bosh murabbiyi Hyurseler iste'foga yaqin turibdi

“Brayton” bosh murabbiyi Fabian Hyurseler yaqin haftalarda lavozimidan ketishi mumkin. Jamoa natijalarni tez orada yaxshilamasa, klub rahbariyati keskin qaror qabul qilishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Telegraph jurnalisti Mett Lou xabariga ko'ra, nemis mutaxassisning kelajagi APLdagi ketma-ket besh uchrashuvda g'alaba qayd etilmagani fonida jiddiy savol ostida qolgan. Oldindagi o'yinlar yosh murabbiy uchun “chaykalar” safidagi keyingi taqdiri va faoliyatiga bevosita ta'sir qilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, shu hafta APLda birdaniga ikki klub murabbiyi ishdan bo'shatildi: Tomas Frank (“Tottenhem”) va Shon Daych (“Nottingem Forest”).

Hyurseler “Brayton”ni o'tgan mavsumdan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida klub o'sha mavsumda 8-o'rinni olgan bo'lsa, joriy mavsumda “Brayton” hozircha 14-pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brayton bosh murabbiyi Hyurseler iste'foga yaqin turibdi