date

“Muhtasham yuz yil” aktyorlari gonorari: kim eng ko‘p olgan?

“Muhtasham yuz yil” aktyorlari gonorari: kim eng ko‘p olgan?
Foto: Yandex

2011 yilda efirga uzatilgan mashhur turk seriali "Muhtasham yuz yil" nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ushbu loyiha oddiy tomoshabinlardan tortib siyosatchilargacha turli fikr va munosabatlarga sabab bo‘ldi. Hatto Rajab Toyyib Erdo'g'an ham serialni keskin tanqid qilib, unda tarixiy shaxs obrazlari noto‘g‘ri talqin etilganini ta’kidlagan.

Shunga qaramay, serial turk kinosanoati tarixida eng muvaffaqiyatli va daromadli loyihalardan biri sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi. U yillar o‘tsa ham, muxlislar orasida o‘z mashhurligini saqlab qolmoqda va unga oid yangi-qiziqarli ma’lumotlar hali ham paydo bo‘lib turibdi.

Serial atrofidagi bahs-munozaralar ayniqsa tarixiy haqiqatlarning buzib ko‘rsatilgani haqidagi e’tirozlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Turli ommaviy axborot vositalariga qariyb 70 mingga yaqin shikoyat kelib tushgani ham aynan shundan dalolat beradi. Ko‘plab tomoshabinlar loyiha real tarixiy voqealardan chekinib, dramatizatsiyaga ortiqcha urg‘u berilganini ta’kidlashgan.

Qiziqarli jihatlardan yana biri — serial davomida atigi to‘rt nafar aktyor barcha qismlarda ishtirok etgan. Ular orasida sulton Sulaymon, haram og‘asi Sumbul, Mohidavron Sulton va Gulfem xotun obrazlarini gavdalantirgan ijodkorlar bor. Bu esa loyihaning davomiyligi va aktyorlar tarkibining tez-tez yangilanib turganini ko‘rsatadi.

Ammo eng ko‘p e’tibor tortadigan mavzu — aktyorlarning gonorari. Ma’lum bo‘lishicha, sulton Sulaymon obrazini ijro etgan Halit Ergench har bir qism uchun 30 ming dollar miqdorida haq olgan. Bu ko‘rsatkich uni serialdagi eng yuqori haq to‘langan aktyorga aylantirgan.

Foto: Yandex

Shuningdek, Mohidavron Sulton rolini ijro etgan Nur Fettahog'lu ham yuqori gonorar olgan aktrisalar qatoriga kiradi. U har bir epizod uchun 14 ming dollar ishlab topgan.

Shu tariqa, “Muhtasham yuz yil” nafaqat syujeti va tarixiy dramasi bilan, balki aktyorlarining katta miqdordagi gonorarlari bilan ham tomoshabinlar e’tiborini jalb etishda davom etmoqda. Serial ortidan kelgan shon-shuhrat va moliyaviy muvaffaqiyat esa uni turk teleindustriyasining haqiqiy fenomeniga aylantirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Muhtasham yuz yil” aktyorlari gonorari: kim eng ko‘p olgan?