Messidan ham o‘tgan o‘zbek: qiziqarli o‘xshashliklar ochiqlandi

O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning rafiqasi Hurliman Tileumuratova “Omon-Omon” ko‘rsatuvida nega Lionel Messini yaxshi ko‘rishini qiziqarli tarzda izohlab berdi.
“Turmush o‘rtog‘im ham, men ham Messining muxlisimiz. Buning sababi shundaki, men aynan Messi bilan bir kunda tug‘ilganman. Qolaversa, oilamiz o‘rtasida ham o‘xshash jihatlar ko‘p. Masalan, ularning ham ketma-ket 3 nafar o‘g‘li bor. Bizning farzandlarimiz ham ketma-ket dunyoga kelgan. Hatto Messining farzandlari yoshi bilan bizning katta farzandlarimiz yoshi deyarli bir xil”, — deydi u.
U suhbat davomida hazilomuz tarzda qo‘shimcha qildi:
“Lekin biz to‘rtinchi o‘g‘il farzandli bo‘ldik, ular esa bunga hali ulgurishmadi”, — dedi u kulib.
Mazkur samimiy va kulgili taqqoslash ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otmoqda.