date

Ozoda Nursaidova “To‘ylar muborak” bilan portladi — klip qisqa vaqtda ommalashdi (video)

Ozoda Nursaidova “To‘ylar muborak” bilan portladi — klip qisqa vaqtda ommalashdi (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova bugun muxlislarini yana bir yangilik bilan quvontirdi. San’atkor o‘zining ancha vaqtdan beri kutilayotgan yangi taronasi — “To‘ylar muborak”ni taqdim etib, uni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Qo‘shiq YouTube platformasiga joylashtirilishi bilan qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan yarim soat ham o‘tmay videoklip 1,5 mingga yaqin tomosha to‘plab, tinglovchilar orasida tez ommalashishni boshladi.

Ushbu tarona uchun suratga olingan klipda bir qator taniqli aktyor va aktrisalar ishtirok etgani bilan ham e’tiborni tortmoqda. Jumladan, unda Anvarzoda Abdulloh, E’zoza Safarova, Mirolim Qilichev, Musulmon Yunusov, Dilafruz Mameshova, Shohida Rahmanova, Sarvinoz Mannanova, Bibisora Yuldasheva hamda Nigina Husanovalar rol ijro etgan.

Izohlar bo‘limida muxlislar yangi taronani iliq kutib olib, ijobiy fikrlarini bildirishmoqda. Ular qo‘shiqning ohangi, ijrosi va zamonaviy uslubini alohida e’tirof etib, Ozoda Nursaidovaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova “To‘ylar muborak” bilan portladi — klip qisqa vaqtda ommalashdi (video)