date

Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytdi

Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini alohida qayd etdi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda u qatnashmaydigan birinchi holat emas», — degan.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytdi