date

Jezush Ronalduni bo'lajak o'yin oldidan dam oldiradi

Jezush Ronalduni bo'lajak o'yin oldidan dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa tig'iz taqvimni inobatga olib, Ronalduga va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning ortida shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi o‘ta muhim o‘yin turganini ta’kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda mutaxassis Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqaridagi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ham qayd etgan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni bo'lajak o'yin oldidan dam oldiradi