Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq ijro etdi. Angliyalik forvard Bundesliga doirasidagi «Verder»ga qarshi o‘yinda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Shu bahsning o‘zida 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500 ta gol marrasiga ham yetib bordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) yuqorida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda «Tottenhem»dan «Bavariya» safiga o‘tgandi. U faoliyatining katta qismini London klubida o‘tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing