Fonseka Milan menga ko'proq vaqt berishi kerak edi

"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Paulu Fonseka Italiya grandida ishlagan davrini eslab, o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, u "Milan"da ko'proq muddat ishlashga loyiq edi. Fonseka klubni ajoyib deb atadi va u yerda o'zini yaxshi his qilganini ta'kidladi, biroq kerakli o'zgarishlarni amalga oshirish uchun vaqt yetmagani afsus uyg'otganini qo'shdi. Uning so'zlariga ko'ra, klub o'yin uslubini yanada hujumkor ko'rinishga o'tkazishni xohlagan, biroq yillar davomida shakllangan tizimni tezda o'zgartirish oson emas.
Eslatib o'tamiz, Fonseka "Milan"ni 2024 yil iyulidan dekabrigacha boshqargan. 53 yoshli murabbiy hozirda fransuzning "Lion" klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ayni paytda "Milan" Massimiliano Allegri qo'l ostida A Seriya turnir jadvalida 54 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!