date

ClickHouse daromadi 250 million dollarga yetdi: IPO sari yoʻl

ClickHouse daromadi 250 million dollarga yetdi: IPO sari yoʻl

Maʼlumotlar bazasi provayderi ClickHouse yillik daromad koʻrsatkichini 250 million dollarga yetkazdi. Kompaniya asoschilaridan biri va mahsulotlar boʻyicha prezidenti Yury Izrailevsky TechCrunch nashriga bergan intervyusida biznes oʻtgan yilga nisbatan uch barobar oʻsganini maʼlum qildi. Yil yakuniga qadar daromad miqdori 1 milliard dollarga yaqinlashishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yanvar oyida Dragoneer Investment Group boshchiligidagi 400 million dollarlik D seriyali investitsiya raundidan soʻng ClickHouse 15 milliard dollarga baholangan edi. Bunday yuqori oʻsish surʼatlari va premium baholash besh yildan kamroq vaqt oldin tashkil etilgan kompaniyani yaqin yillar ichida IPO (aksiyalarni ommaviy joylashtirish) oʻtkazishga tayyorlamoqda.

Kompaniya oʻtgan yili Snowflake sobiq top-menejeri Jimmy Sextonni moliya direktori (CFO) lavozimiga tayinladi. Odatda CFO tayinlanishi kompaniyaning ommaviy bozorga chiqishga tayyorgarlik koʻrayotganidan dalolat beradi. ClickHouse hozirgacha oltita startapni, jumladan, AI agentlari ishini kuzatuvchi Langfuse loyihasini sotib oldi. Izrailevsky kelajakda ham istiqbolli texnologik startaplarni sotib olishda davom etishini taʼkidladi.

ClickHouse texnologiyasi dastlab Rossiyaning Yandex qidiruv tizimi ichida 17 yil avval ishlab chiqilgan, biroq 2021-yilda mustaqil startap sifatida ajralib chiqqan edi. Bugungi kunda kompaniyaning 4000 dan ortiq mijozlari bor, ular orasida Anthropic, Meta, Capital One va Decagon kabi gigantlar mavjud. Startapning ochiq kodli maʼlumotlar bazasi AI agentlari uchun zarur boʻlgan ulkan maʼlumotlar toʻplamini qayta ishlashga moʻljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » ClickHouse daromadi 250 million dollarga yetdi: IPO sari yoʻl