date

Feruza Normatova “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

Feruza Normatova “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

Aktrisa, bloger va boshlovchi Feruza Normatova o‘zining Instagram sahifasi orqali quvonchli xabarni muxlislari bilan bo‘lishdi. U “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlanganini ma’lum qilib, samimiy fikrlarini izhor etdi.

San’atkor post ostida: “Alhamdulillah. Shu yurtning farzandi ekanligimdan faxrlanaman”, — deya yozib qoldirdi. Shuningdek, u bu yutuq nafaqat o‘zi, balki bir qator ijodkorlar uchun ham katta e’tirof ekanini ta’kidladi.

Feruza Normatovaning so‘zlariga ko‘ra, ular har doim xalq xizmatida bo‘lib, o‘z ijodlarini xalq uchun bag‘ishlab kelishgan. “Bugun bizni e’tirof etishdi. Bu men uchun juda katta baxt. Yurtboshimizga rahmat, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan xalqimizga esa chuqur minnatdorchilik bildiraman”, — deya samimiy fikrlarini bayon etdi.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Izohlarda muxlislar aktrisani tabriklab, uning ijodiy yo‘li yanada yuksalishini, bunday yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Normatova “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi (video)