Mujtaba Xomanaiy Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi

Mujtaba Xomanaiy Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi

Eron oliy rahnamosi Mujtaba Xomanaiy Xavfsizlik kengashi kotibi Larijoniyning o‘limiga munosabat bildirdi.

“Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniyning o‘g‘li va bir necha hamkasblari bilan birga shahid bo‘lgani haqidagi mash’um xabar meni chuqur qayg‘uga botirdi.

U siyosiy, xavfsizlik, madaniy va boshqaruv sohalarida o‘nlab yillar davomida Islom Respublikasiga xizmat qilgan ilmli, dono, fidoyi va tajribali shaxs edi.

Bunday terror harakatlar faqat dushmanlarning adovatini aks ettiradi va millatimizning qat’iyatini mustahkamlaydi. Shubhasiz, adolat qaror topadi.

Uning oila a’zolari va yaqinlariga, ayniqsa, Oyatulloh Amoli Larijoniyga chin dildan hamdardlik bildiraman va ularning saflari yuksalishini so‘rab duo qilaman”.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.