Kadr: «NTV»
Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov NTV kanalining «Sekret na million» («Millionlar siri») dasturi orqali namoyish etilgan ko‘rsatuvda o‘z farzandlari, xususan, asrab olgan o‘zbekistonlik qizchasi haqida gapirib berdi.
Deputatning ta’kidlashicha, farzandlaridan uch nafarini asrab olgan (jami olti nafar farzandi bor). Bolalardan biri – chiroyligina qizchani OAVda e’lon qilingan xabar orqali topib olgan. Uning onasi farzandini hojatxonada dunyoga keltirib, xiyobondagi o‘rindiqqa tashlab ketgan.
«O‘ylaymanki, himoyasiz qolgan bolalarni chet elga yubormasdan o‘zimiz asrab olib, katta qilishimiz kerak. Ularni amerikaliklarga sotib yuborishmoqchi bo‘lganida tortib olganman. Men asrab olgan farzandlarimni juda yaxshi ko‘raman. Ularning barchasi mening o‘z farzandim», — deydi Milonov.
Ko‘rsatuv davomida deputat qizi Yevdokiyaning qayerda tug‘ilganini aytishni xohlamadi. Shu vaqtda ko‘rsatuv doirasida bu qizchaning o‘tmish taqdiri haqidagi avval olingan lavha qo‘yib berildi. Unda qizcha 2014 yilning dekabrida tug‘ilganligi, onasi o‘zbekistonlik ekanligi haqida so‘z boradi.
Bu ayol Peterburgdagi restoranlardan birida qorovul bo‘lib ishlagan. Chaqaloqni dunyoga keltirgach, 8 soat ko‘chada aylanib yurgan va xiyobonlarning birida sovuqda qoldirib ketgan. Bu lavhani ko‘rgan Milonov voqea joyiga borib, murg‘ak qizchani asrab olishini aytgan. Shundan buyon bu qizcha deputatning oilasida yashamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi