date

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida faqat tanlangan davlatlar uchun yo‘lak ochdi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida faqat tanlangan davlatlar uchun yo‘lak ochdi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harbiy va iqtisodiy nazoratni saqlab qolgan holda, harakatni qisman tikladi. Ammo bu imkoniyat barcha mamlakatlarga berilgan emas: Tehron faqat Rossiya, Hindiston, Pokiston, Iroq va Xitoy kemalariga bo‘g‘oz orqali o‘tishga ruxsat bergan.

Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi ma’lum qilishicha, AQSH va Isroilga tegishli kemalar hali ham harakat qilish imkoniyatiga ega emas. Bu Eronning Ho‘rmuzni strategik bosim va geosiyosiy instrument sifatida ochiq qo‘llayotganidan darak beradi.

Bundan avval xalqaro OAVlar Eron ro‘yxatga kiritilgan davlatlar uchun o‘tish haqini to‘lovli qilgani haqida xabar tarqatgan edi. Shu tariqa, Ho‘rmuz nafaqat harbiy-siyosiy, balki iqtisodiy nazorat nuqtasiga ham aylanmoqda.

Shunga qaramay, mintaqadagi umumiy harakat hali to‘liq tiklanmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bo‘g‘oz orqali faqat 15 ta kema o‘tgan, va ularning ko‘pchiligi Eronga tegishli. Bu global ta’minot zanjirlarining hali ham mutlaq barqarorlashmaganini ko‘rsatadi.

Bu vaziyat fonda AQSH prezidenti Donald Tramp NATO davlatlarini Ho‘rmuz masalasiga jalb qilishga harakat qilmoqda. U ilgari ham ittifoqdoshlarni bu mintaqada faol ishtirok etmaslikda ayblab, aks holda "og‘ir oqibatlar" bo‘lishi mumkinligini ogohlantirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida faqat tanlangan davlatlar uchun yo‘lak ochdi