“U meni orqamdan o‘pishi kerak”. Tramp omma oldida “qora shahzoda”ni kamsitdi

27 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Mayamida Saudiya Arabistoni ko‘magida tashkil etilgan Future Investment Initiative forumida mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud haqida qo‘pol fikr bildirdi. Ushbu forum Oq uy tomonidan jonli efirda namoyish qilindi.
Trampning bayonotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon uni past baholagan va endi uning “orqasidan o‘pishga” majbur.
Uning fikriga ko‘ra, Podshohlik valiahd shahzodasi Trampni “mamlakati parchalanib borayotgan navbatdagi muvaffaqiyatsiz Prezident” deb hisoblab, uni yetarlicha qadrlamagan, endi esa shahzoda Trampga nisbatan yaxshi muomala qilishga majbur.
“U meni shunchaki navbatdagi omadsiz Amerika Prezidenti, mamlakat esa jarlikka qarab ketadi deb o‘ylagan edi. Lekin endi u menga nisbatan muloyim bo‘lishi kerak. Unga ayting, menga yaxshi muomala qilsin”, deydi Tramp o‘z nutqi davomida.