O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta’minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta’minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev prokuratura organlaridagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi:
«Avvalgi rahbariyat faoliyatiga tanqidiy baho berish juda og‘ir, prokuratura xodimlari, ayniqsa, sobiq rahbarlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlari prokuratura organlarida ishlayotgan halol xodimlar ruhiyatiga salbiy ta’sir qilgan. Xalqning bizga bo‘lgan munosabatiga juda jiddiy ziyon yetkazdi. Biz xalqchil prokuraturani yaratishimiz kerak».
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi oxirlarida O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Otabek Murodov qamoqqa olingani ma’lum bo‘ldi.
Otabek Murodov 2018 yilning yanvarida DXX rahbarligiga o‘tgan Ixtiyor Abdullayev o‘rniga bosh prokuror bo‘lgandi. 2019 yilning 20 iyunida u lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev yangi bosh prokuror etib tayinlandi.
Bu so‘nggi 4 yil davomida to‘rtinchi marta O‘zbekiston bosh prokurori o‘zgarishi bo‘ldi.
2000 yil fevralidan O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lgan Rashid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etdi, so‘ng unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Rashid Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Rashid Qodirovning o‘rnini Ixtiyor Abdullayev egallagan. 2019 yil bahorida unga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi. 27 sentabr kuni Ixtiyor Abdullayev 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi