Naqd pul 1 apreldan O‘zbekistonda to‘liq bekor qilinadi

Rasmiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan e’tiboran O‘zbekistonda naqd pulga qat’iy cheklov joriy etiladi. Endi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin, dizel, propan, metan va elektr transport vositalarini zaryadlash hamda elektr energiyasi, gaz va suv uchun to‘lovlar naqd orqali amalga oshirilmaydi. To‘lovlar faqat karta yoki elektron to‘lov vositalari orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, 25 million so‘mdan ortiq xaridlar ham faqat bank o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi. Avtomobillar, uy-joylar va boshqa qimmatbaho tovarlarni xarid qilish uchun ham karta yoki elektron usuldan foydalanish majburiy bo‘ladi.
Bu yangi tartib aholi va tadbirkorlar uchun ham qulaylik yaratadi, ham iqtisodiy jarayonlarning shaffofligi va xavfsizligini ta’minlaydi.