Turkiyada oʻzbek qizi to‘rtinchi qavatdan tushib ketib shifoxonada vafot etdi

1 daqiqa o'qish638
Turkiyada oʻzbek qizi to‘rtinchi qavatdan tushib ketib shifoxonada vafot etdi

Turkiyaning Izmir shahrida fojiali hodisa ro‘y berdi: 22 yoshli oʻzbekistonlik ayol Sevdora Hakimjonova “dom”ning to‘rtinchi qavatidan pastga tushib ketib, shifoxonada vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Hakimjonova 17 mart kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan va besh kun davomida davolangan. Ammo tibbiy koʻrsatmalarga qaramay, uning hayotini saqlab qolish imkonsiz boʻlgan.

Bosh konsulxona va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi marhumaning jasadini vatanga qaytarish boʻyicha zarur tashkiliy ishlarni olib bormoqda. Jasad 23 mart kuni Istanbul—Andijon reysi bilan O‘zbekistonga yuboriladi.

Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan shar‘iy nikoh asosida turmush qurgan. Nikoh marosimi Namangan viloyati, Chust tumanida oʻtkazilgan, rasmiy davlat nikohi esa qayd etilmagan. Oila Izmir shahrida kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir xonadonda yashagan. Ayni vaqtda turmush oʻrtog‘i ham e‘tirof etish kerakki, Sevdora kabi eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Tergov harakatlari hozirda davom etmoqda va voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?