Alexander-Arnold jamoadoshlaridan uzr so'radi

"Real Madrid" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelgani uchun jamoadoshlari va murabbiylar shtabidan uzr so'radi, deb xabar berdi The Athletic. Avvalroq tarqalgan xabarlarda aytilishicha, Angliya terma jamoasi futbolchisi shu hodisa sabab "Atletico"ga qarshi derbida asosiy tarkibdan chetda qoldirilgan.
Xabarda aytilishicha, Aleksander-Arnold shanba kungi mashg'ulotga taxminan 20 daqiqa kechikib kelgan. Shundan so'ng u bosh murabbiy Alvaro Arbeloa, jamoa sardori Dani Karvaxal va tarkibning boshqa a'zolaridan shaxsan uzr so'ragan. Manba qo'shimcha qilishicha, klubning mashg'ulot bazasi xodimlari uning bu munosabatini hurmatli va professionaldan kutiladigan xulqqa mos deb baholagan.
Derbida "Real Madrid" o'z maydonida "Atletico"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Aleksander-Arnold uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamadi, biroq mezbonlar muhim g'alabani qo'lga kiritgan o'yinda u 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!