240 kg ayolni 7-qavatdan kran bilan tushirishdi (video)

240 kg ayolni 7-qavatdan kran bilan tushirishdi (video)

Turkiyada noodatiy qutqaruv amaliyoti amalga oshirildi. 240 kilogramm vaznga ega bo‘lgan 27 yoshli suriyalik ayol — Aishi Mazning ahvoli keskin yomonlashgani sababli tez yordam chaqirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bemorning oyoqlarida sezuvchanlik yo‘qolgan va u mustaqil harakatlana olmay qolgan. Shu bois uni oddiy yo‘l bilan pastga tushirishning imkoni bo‘lmagan.

Vaziyatdan chiqish uchun qutqaruvchilar maxsus choralar ko‘rishga majbur bo‘lishdi: xonadon derazasi olib tashlanib, ayol 7-qavatdan kran yordamida ehtiyotkorlik bilan pastga tushirildi.

Shundan so‘ng u darhol shifoxonaga olib borilib, davolanishga yotqizilgani ma’lum qilindi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar