13:15 / 24.01.2020
2 905

Shavkat Mirziyoyev: "Chegaralarni 20 yil yopib olganimiz uchun tranzit yo‘nalishlarini boy berdik"

Shavkat Mirziyoyev: "Chegaralarni 20 yil yopib olganimiz uchun tranzit yo‘nalishlarini boy berdik"
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida transport-logistika sohasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Mahsulotlarimizni tashqi va ichki bozorlarga yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun eng katta masala – transport-logistika sohasini rivojlantirishimiz zarur. Temiryo‘l sohasida yo‘lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni bir-biridan ajratiladi.
Bu nima degani? Tabiiy monopoliya qismini alohida, xususiy sektorni jalb qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni alohida rivojlantirishimiz lozim
», – dedi prezident.

Davlat rahbarining qayd etishicha, xalqaro ekspertlar mavjud infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qo‘llash va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni shakllantirish orqali O‘zbekistonda tranzit salohiyatini 7 mln tonnadan 16 mln tonnaga yetkazish imkoniyati borligi haqida xulosa berishgan.

«Biz bir paytlari O‘zbekiston chegaralarini 20 yil yopib oldik. [Natijada] biz orqali o‘tadigan tranzit yo‘llari boshqa davlatlarga o‘tib ketdi.

Lekin mana ekspertlarni taklif qildik. Hozir O‘zbekistondan 7 mln tonna yuk o‘tyapti. Imkoniyatlarimiz 16 mln tonnagacha yukni tranzit qilishga yetadi. Tasavvur qilinglar, 16 mln tonna yukning tranzit puli O‘zbekistonda qoladi. Kim buni o‘ylaydi? Qani Transport vazirligi? Qani Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari? Hammamiz uxlab o‘tiribmiz.

Bir paytlari hamma narsani yopib olganimiz uchun tranzit yo‘nalishlarini boy berdik. Natijada bu yo‘nalishlarni boshqa davlatlar osongina o‘zlashtirib olishdi. Endi bu yo‘nalishlarni qaytarish kerak. Bu azob. Nima qilish kerak qaytarish uchun? Tannarxni, tarifni kamaytirish kerak, sharoit yaratish kerak, shularni temiryo‘l sohasining, havo yo‘llarining kattakonlari o‘rganishi kerak
», – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, milliy tashuvchining 1 tn bug‘doyni «Sariog‘och»( Qog‘oziston) stansiyasidan «Xayraton» (Afg‘oniston) stansiyasiga (jami 750 km) tashish xizmati 53 dollarni tashkil etsa, Qozog‘iston tashuvchisining shu kabi boshqa marshruti «Bo‘lashak» (Qozog‘iston) – «Akina» (Afg‘oniston) (jami 1200 km) 34 dollarni tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: "Chegaralarni 20 yil yopib olganimiz uchun tranzit yo‘nalishlarini boy berdik"