date

Saudiya Arabistoni Eronga zarbalarni kuchaytirishni so'radi

Saudiya Arabistoni Eronga zarbalarni kuchaytirishni so'radi

The Guardian Saudiya razvedkasidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Saudiya Arabistoni AQShni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirishga chaqirgan. Manbaning aytishicha, Ar-Riyod nafaqat kampaniya davom etishini istamoqda, balki uning kengaytirilishini ham xohlamoqda.

Xabarga ko'ra, Saudiya valiahd shahzodasi, amalda qirollik hukmdori bo'lgan Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi urushni davom ettirishga undagan. Manba hozirgi AQSh-Isroil kampaniyasini Yaqin Sharqni qayta shakllantirish uchun “tarixiy imkoniyat” deb ta'riflagan.

The New York Times ham 24 mart kuni o'z manbasiga tayanib, Saudiya valiahd shahzodasi Trampni Tehronga bosimni yumshatmaslikka undaganini xabar qildi. O'sha ma'lumotga ko'ra, u harbiy amaliyotlar davom etishini va Eron hukumati ag'darilishini talab qilgan.

Ayni paytda, xabarlarda aytilishicha, Saudiya Arabistonining o'zi ham Eron hujumiga uchragan. Bir hafta oldin Qizil dengiz bo'yidagi Yanbu port shahridagi SAMREF neftni qayta ishlash zavodi nishonga olingani aytilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni Eronga zarbalarni kuchaytirishni so'radi