Aziz Rametovning sog‘lig‘i uchun xalqdan yordam so‘rashi jiddiy muhokamaga sabab bo‘lmoqda

Aktyor Aziz Rametov sog‘lig‘idagi 20 yillik muammolar sababli xalqdan yordam so‘ramoqda. U ijtimoiy tarmoqlarida joylagan videoda: “Iltimosim bor, manga operatsiya qilishim kerak ekan. Hayit kunida so‘rayapman ehson tariqasida, imkon bo‘lsa bo‘ynimni, belimni operatsiya qilish kerak ekan”, — deya murojaat qildi.
Aziz Rametovning aytishicha, “20 yildan beri bo‘ynim, belim singan ekan, shu dard qiynaydi, tomirlarim bir-biriga qisilib, nervlarim yomonlashib, yaqinlarimni xafa qilib qo‘yayapman, chiday olmayapman, ming bor uyatdaman”.
Videoga izoh qoldirgan muxlislari aktyorga tez orada shifo tilashmoqda, unga duo qilmoqda va yordam berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Ularning iliq so‘zlari Aziz Rametovni ruhlantirib, qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing