date

O‘zbekiston nikohiga bir yil bo‘lmagan oilalar uchun ajrim cheklanishi mumkin

O‘zbekiston nikohiga bir yil bo‘lmagan oilalar uchun ajrim cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda nikohdan bir yil to‘lmagan oilalar uchun ajrimni cheklash bo‘yicha qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishni nazarda tutuvchi hujjatni ommaga taqdim qildi.

Loyihaga ko‘ra, nikohdan bir yil o‘tmagan er-xotinlar sudga ajrim uchun murojaat qila olmaydi. Biroq bu cheklov oiladagi maishiy zo‘ravonlik holatlariga tatbiq qilinmaydi. Maqsad — oilani saqlab qolish va ajrimlarning oldini olish.

Qonun loyihasida Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasi 8¹-band bilan to‘ldirilishi taklif etilmoqda. Bu band arizani ko‘rmasdan qoldirish sabablarini belgilaydi. Masalan, xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar rad etiladi.

Shuningdek, ajrimdan oldin yarashtirish muddatini 6 oydan 1 yilga qadar uzaytirish, sudlar tomonidan oilaviy nizolar chuqurroq o‘rganilishi nazarda tutilgan. Ajrimdan keyin voyaga yetmagan bolalarning qaysi ota-ona bilan yashashi va boshqa ota-onaning ular bilan muloqot tartibi ham aniqlanadi.

Loyihada aliment tizimi ham takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan: minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi va undirilingan mablag‘lar bola nomiga ochilgan bank hisobvarag‘ida jamlanishi rejalashtirilmoqda. Ba’zi jarayonlarni “elektron hukumat” orqali amalga oshirish ham nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilda O‘zbekistonda 37,5 mingdan ortiq oila sud orqali ajrashgan. Nikohdan ajralishlarning eng ko‘p holatlari Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Samarqandda qayd etilgan. Ajralishlarga asosan o‘zaro ishonchsizlik, nikohga tayyor bo‘lmaslik va ikkinchi nikohga kirish sabab bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston nikohiga bir yil bo‘lmagan oilalar uchun ajrim cheklanishi mumkin